Zidan "Barselona" futbolchisini oladi

  • 23 mart, 2017, 16:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning ikki grandi - "Barselona" va "Real" klublarining bir-biridan o‘yinchi olishi kamdan kam kuzatiladigan holat. Har ikki jamoa muxlislari ashaddiy raqib tarkibiga o‘tib ketgan futbolchilarni hech qachon kechirmaydi.

Tecno
 

"Barselona" kuni kecha "Real" o‘yinchisi Iskoga agar futbolchi Madrid klubini tashlab kelsa 20 million evro va’da qilgandi. "Real" esa "Barselona"ning eng isqtidorli futbolchilaridan birini o‘ziga og‘dirib olmoqchi.

O‘z iqtidori bilan mutaxassislar e’tiboriga tushgan 19 yoshli yarim himoyachisi Karles Alenya anchadan buyon "Real" kuzatuvida qolmoqda. "Barselona"ning ikkinchi jamoasida o‘ynayotgan bu futbolchiga "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning shaxsan o‘zi qiziqmoqda.

Madridliklar vakillari futbolchining oilasi bilan aloqaga chiqdi va futbolchiga bo‘lgan qiziqishini ma’lum qildi.

Karles Alenya "Barselona"ning ikkinchi jamoasida 22 ta uchrashuvda ikkita gol urdi, Qirol kubogi doirasidagi uchrashuvda asosiy jamoa tarkibida debyutini o‘tkazib, raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!