Zidan Beylni transferni qo‘ydirmoqchi

  • 13.03.2019 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" kubi vingeri Garet Beyl mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli uelslik futbolchining transferga qo‘yilishini shaxsan bosh murabbiy Zinedin Zidan xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Beylni 2013 yil 100 mln evro evaziga “Tottenxem”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum “qirollik klubi”da 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!