
Zidan bir futbolchining o‘yiniga lol qoldi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Brayton” yarim himoyachisi Iv Bissumaga xaridor bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik mutaxassis 24 yoshli futbolchining o‘yinidan hayratga tushgan. Qolaversa, hali yulduz darajasiga etmagan yarim himoyachining transfer summasi ham madridliklarni to‘liq qoniqtiradi. “Brayton” bu o‘yinchisini 13 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Bissuma “Brayton” safida 2018 yildan beri o‘ynamoqda. Malilik yarim himoyachi joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi.
Ivga “Qirollik klubi”dan tashqari “Monako”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildiryapti.
Fikrlar