
Zidan EChLdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Chempionlar Ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Chelsi" hamda "Real" jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvida londonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida madridliklar ustozi Zinedin Zidan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Ha, aytishimiz mumkinki, "Chelsi" g‘alaba qozonishga loyiq edi. Biz kurashdik, ammo ular finalga chiqishga ko‘proq munosib. Bugun maydonga tushgan futbolchilarimiz jismonan o‘yinga tayyor edi.
Yigitlarim bilan faxrlanaman - biz harakat qildik, maqsadga juda yaqin kelgandik, finalga bir qadam qolgandi. "Chelsi" ajoyib o‘yin o‘tkazdi, ular finalga munosib. Bizda aniq imkoniyatlar bo‘lmadi, "Chelsi" bir nechta vaziyat yaratdi - bu futbol. Ammo aytganimdek, men yigitlarim bilan faxrlanaman. Endi biz dam olamiz va La Liga haqida o‘ylaymiz.
Albatta, biz baxtli emasmiz. Yarim finalda mag‘lub bo‘lganingizda, baxtli bo‘la olmaysiz. Mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin, lekin ertaga biz yana mashg‘ulotlar maydoniga qaytishga tayyormiz ”, - dedi Zidan.
Fikrlar