
Zidan "Inter"ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL guruh bosqichi doirasida "Inter" bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin qaydnomasini e’lon qildi.
Koronavirusdan sog‘ayib safga qaytgan Kazemiro jamoa bilan Milanga yo‘l olgan. Militao, Ramos, Benzema, Valverde, Yovich va Odriosola Madridda qolgan.
"Inter" - "Real" bahsi 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da "Juzeppe Meatstsa" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar