Zidan iyunda “Real”ga qaytishi mumkin

  • 7 mart, 2019, 14:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” sobiq prezidenti Ramon Kalderonning so‘zlariga ko‘ra, “qaymoqranglilar” Zinedin Zidanni jamoaga qaytarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

O‘tgan kuni prezident (Florentino Peres) Zidanni qaytarishni so‘ragan. U: “hozir emas”, deb javob qaytardi, ammo iyunda qaytishni mumkinligini inkor etmagan.

– Shu vaqtga har doim bosh murabbiylikka Mourino asosiy nomzod bo‘lgan. Hozirgi vaziyatga jamoani tartibsiz va o‘jar prezident olib keldi. Joze Mourinoni hozir taklif qilishning imkoni bor, ammo bundan nima naf ko‘rmayapman.

– Ayni damda nima qilsang ham barchasi hato bo‘ladi. O‘ylaymanki, ular mavsum yakunini kutishadi, biroq yakun yaqin emas. Uch oydan keyin keladi, – deydi Kalderon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!