
Zidan “Liverpul”ning super yulduzini oladi
Yozda “Real” rahbariyati bir necha katta transferlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Ayni paytda madridliklar Kilian Mbappe, Erling Xoland va Jeydon Sancha transferi bo‘yicha ish boshlashni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, bosh murabbiy Zinedin Zidan “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni ham o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, misrlik futbolchining o‘zi ham “Liverpul”dan ketishni istamoqda.
Bundan tashqari, Muhammad Saloh jamoasining to‘purari bo‘lishiga qaramasdan, muxlislar tomonidan tanqid qilinayotganidan norozi bo‘lmoqda. Xususan, liverpullik fanatlar “Nyukasl”, “Fulxem” kabi jamoalarga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda Saloh qulay vaziyatlardan foydalana olmagani uchun ochko yo‘qotildi, deb tanqidga zo‘r beryapti.
Fikrlar