
Zidan Neymar borasidagi savollarga: "Tezroq 2 sentyabr kuni kelishini xohlayman"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Valyadolid"ga qarshi bahs oldidan PSJ forvardi Neymar borasida fikr bildirishdan bosh tortdi.
"Bizni ertaga o‘yin kutyapti, men faqat shu haqida o‘ylayman. Murabbiylar, futbolchilar, xodimlar faqat shu narsaga e’tibor qaratishlari kerak va boshqa hech narsa emas.
Men 2 sentyabrni iloji boricha tezroq kelishini xohlayman. Shunda bu savollar tugaydi," - dedi Zidan.
Ma’lumot uchun, Ispaniyada 2 sentyabr kuni transfer oynasi yopiladi.
Fikrlar