
Zidan nimadan xavotir olayotganini oshkor qildi
“Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL pley-off bahsida “Yuventus” bilan uchrashishni xohlamayotganligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, turinliklar birinchi o‘rinni band etdi. 1/8 finalga 12 dekabr kuni qur’a tashlanadi.
– Men bu bosqichda “Yuventus” bilan uchrashmaslikni xohlagan bo‘lar edim. Ammo buning uchun biz hech narsa qila olmaymiz va shunchaki qur’a natijalarini kutamiz. Turinliklar bilan o‘ynashni istamayman, chunki bu jamoaning yuragimda o‘z o‘rni bor. Bundan tashqari “Yuventus” hozirda ayni kuchga to‘lgan payti, – deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar