
Zidan: Qahramon hakam emas, Ronaldu
EChL chorak final javob uchrashuvi doirasida “Real” xamda “Bavariya” klublari o‘rtasidagi bahs(4:2)dan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
“Bu mening faoliyatimdagi eng og‘ir o‘yin bo‘ldi. “Bavariya” bizni ancha qiynadi. Biroq biz xotirjamlikni saqladik. Gol urish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keldi biroq buni uddalay bilmadik. Hech kim xatodan sug‘urtalanmagan.
Anchelotti bugungi hakamlikdan norozi bo‘ldi? Hakamlarning ishini muhokama qilish niyatim yo‘q. Ularning ishi ham juda og‘ir.
Bugun o‘yin qahramoni hakan Viktor Kashshai emas, Ronaldu bo‘ldi. Biz oxirigacha kurashdik. Zahiradan maydonga tushganlar ham ajoyib o‘ynashdi. O‘ylashimcha ikki o‘yin natijasiga ko‘ra biz g‘alabaga xaqli edik.
“Yuventus”ni eng noqulay raqib deb bilgan bo‘lar edim. Biroq bu bosqichga kelib kuchsiz jamoani o‘zi qolmaydi” –, deb aytib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis.
Fikrlar