
Zidan “Real” futbolchilarini hayratga soldi
“Real” futbolchilari Zinedin Zidanning tarkib tanlashdagi qaroridan hayratga tushdi.
Gap shundaki, frantsiyalik mutaxassis La Liganing 9-turida “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkib o‘yinchilari Ferlan Mendi va Toni Kroos o‘rniga o‘yinga tayyor bo‘lmagan Marselo va Iskoni ilk daqiqalardan maydonga tushirdi.
Bu ikki o‘yinchining mashg‘ulotlardagi holatini yaxshi bilan boshqa futbolchilar Zidanning bu qaroridan hayron bo‘lmoqda.
Albatta, natija ham shunga yarasha bo‘ldi. “Qirollik klubi” vakillari hisobni ochganiga qaramay, “Valensiya”dan qaqshatqich zarbaga uchradi – 1:4.
Fikrlar