Zidan: “Real”ajoyib formada, lekin PSJga qarshi yaxshiroq o‘ynash kerak

  • 4 mart, 2018, 11:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Real” jamoasi etakchisi Zinedin Zidan “Xetafe”ga qarshi (3:1) La Liga 27-turidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi o‘yin natijasidan mamnunman. Endi bor e’tiborni  seshanba kungi uchrashuvga qaratish kerak. “Real” ayni vaqtda ajoyib formada, lekin PSJga qarshi yaxshiroq o‘ynash kerak. Ronaldu Parijda maydonga tushadi va uning ajoyib formada ekanidan xursandman”, – dedi frantsiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 6 mart kuni PSJga qarshi nimchorak final javob o‘yinida maydonga tushadi. Dastlabki o‘yinda madridliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!