Zidan “Real”dan ketsa, boshqa superklubni qabul qilib oladi
“Yuventus” rahbariyati chempionlik unvonini “Inter”ga topshirganidan keyin jamoa tarkibini yangilash va bosh murabbiyni o‘zgartirish haqida bosh qotirmoqda.
Manbalarning xabar berishicha, Turin superklubi bosh murabbiylikka birinchi o‘rinda Zinedin Zidanni olib kelmoqchi. Zidan o‘z davrida “Yuventus” sharafini munosib himoya qilgan va jamoani juda yaxshi biladi.
“Yuventus” prezidenti Andrea Anelli anchadan beri o‘zi orzu qilayotgan Zidanni taklif etishdan oldin, unga beriladigan maosh summasini topib qo‘yishi kerak. Chunki frantsiyalik mutaxassisga yiliga 12 million evro to‘lanadi.
Agar Anelli Zidanni taklif etolmasa, o‘rniga “Napoli”ni boshqarayotgan Jennaro Gattuzoni chaqiradi. Ayni paytda turinliklar har ikki murabbiy vakillari bilan muzokara olib borayotgani aytilmoqda.

Fikrlar