Zidan: "Ularning xatosini kutishga majburmiz..."

  • 14 fevral, 2021, 13:02
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing qolgan qismi hamda klubning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi: 

Tecno

"Oldinda to‘plash mumkin bo‘lgan 48 ochko bor va biz g‘alaba qozonish uchun borimizni berib, eng yaxshi futbolimizni namoyish etamiz. Biz maydondan tashqaridagi voqealarga javob bermaymiz. Bizning vazifamiz 90 daqiqa davomida maydonda yaxshi harakat qilib, natijaga erishish. Va jamoamiz bunga harakat qiladi.

"Atletiko"? Ular bu mavsum juda kuchli va stabil o‘yin namoyish etmoqda. Biroq o‘zaro o‘yinda biz ularga o‘zimizni ko‘rsatib qo‘ya oldik. Javob uchrashuviga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. "Barselona" bilan ochkolarimiz teng. Ularning xatosini kutishga majburmiz. Yaxshi o‘ynashga esa harakat qilamiz".

Ma’lumot uchun, La Liga turnir jadvalida 1 ta kam o‘yin o‘tkazib, 54 ochko to‘plagan "Atletiko" etakchilik qilmoqda. 2 va 3-o‘rinlardan esa 46 ochkodan to‘plagan "Barsa" va "Real" joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!