
Zidan uni "Real"ga qaytarmoqchi
Mavsumni “Real Sosedad” tarkibida ijarada o‘tkazayotgan “Real” yarim himoyachisi Martin Edegor yangi mavsumni Madrid klubida o‘tkazadi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kiradi. Frantsiyalik mutaxassis Edegorga yana bir bor imkon bermoqchi. Ayniqsa, koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz paytida Martin jamoa o‘yinini kuchaytira oladigan futbolchi sifatida qaralmoqda.
Bundan avvalroq, Edegor “Real”ga faqatgina bitta shart bilan, ya’ni Luka Modrich jamoadan ketgan taqdirdagina qaytishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Edegor “Real”ga 2015 yilda ko‘chib o‘tgan. U o‘shanda endigina 16 yoshda edi. Martin “Real”da debyut qilgan tarixdagi eng yosh futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar