
Zidan va yana uchta nomzod: "Real" Anchelottining o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda
Madridning "Real" klubi joriy mavsum yakunida istefoga chiqarilishi rejalashtirilayotgan jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘rniga bir vaqtning o‘zida bir nechta murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
"UOL Esporte" nashrining ma’lum qilishicha, "qirollik klubi" boshqaruvi uchun da’vogarlar ro‘yxatida to‘rt nafar murabbiy bor: Zinedin Zidan, Yulian Nagelsmann, Marselo Gallardo va Maurisio Pochettino.
Avvalroq OAVda Anchelotti 2024 yilning yoziga qadar hisoblangan shartnomasini to‘liq ishlab chiqmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Italiyalik mutaxassis "qaymoqranglilar" jamoasidan ketganidan keyin Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Real" La Ligada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va Chempionlar Ligasida chorak finalga chiqdi.
Fikrlar