
Zinchenko "Manchester Siti" bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "shaharliklar" unga yangi 5 yillik shartnoma taklif qilishadi. Ta’kidlash kerakki, Xosep Gvardiola 22 yoshli ukrainalik futbolchiga katta ishonch bildirmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha Zinchenko yangi mavsumda tarkibda kuchli raqobatni yuzaga keltira oladi.
Ma’lumot uchun, Zinchenko yakunlangan mavsum premer-ligada jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar