Zinchenko Niderlandiya klubi bilan kelishuvga erishdi!

  • 18.01.2026 22:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko klubini oʻzgartirmoqda. U mavsumning birinchi qismini ijara asosida "Nottingem Forest"da oʻtkazdi, ammo u yerda oʻzini toʻliq koʻrsata olmadi. Endi 29 yoshli futbolchi "Ayaks" safida oʻzini namoyon etishga harakat qiladi.

Insayder Fabrizio Romano "De Telegraaf"ga tayanib xabar berishicha, "Ayaks" Zinchenkoni "Arsenal"dan ijaraga oladi va futbolchining maoshini toʻliq oʻz zimmasiga oladi. Klublar oʻrtasida kelishuvga erishilgan.

Yaqin 24 soat ichida Zinchenko tibbiy koʻrikdan oʻtish va transferni rasmiylashtirish uchun Amsterdamga uchib ketadi. Ilgariroq matbuotda ham u "Ayaks"ga yaqin ekani haqida xabarlar chiqqan edi.

Hozirda Amsterdam jamoasi Niderlandiya chempionati turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!