
Zinchenkoga APLning 3 ta klubi qiziqmoqda
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenkoga faoliyatini davom ettirish uchun birdaniga bir nechta takliflar paydo bo‘ldi.
Bitter and Blue nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Ukraina terma jamoasi a’zosini "Arsenal", "Nyukasl" va "Everton" klublari o‘z safiga chorlamoqda. Ushbu APL klublarining barchasi Zinchenko bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va imkon bo‘lishi bilan unga shartnoma taklif qilishni reja qilgan.
The Athletic nashriga ko‘ra, yuqoridagi klublar orasida Zinchenko uchun kurashda "Everton" favorit. Aytish kerakki, “irischilar” safida yana bir ukrainalik futbolchi Vitaliy Mikolenko ham to‘p suradi.
Fikrlar