
Zlatan Ibragimovich "Milan"da umrbod o‘ynamoqchi!
"Milan" yulduzi Zlatan Ibragimovich klub bilan yangi shartnoma imzolash borasida fikr bildirdi.
"Mening shartnomam hech qachon tugamasligini his qilib turibman. Jamoa rahbariyati bitimni yangilash yo‘lida bosim ostida qolsin (kuladi). Umid qilamanki, shu erda qolaman va "Milan"da abadiy o‘ynayman",-dedi Zlatan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsum shvetsiyalik hujumchi "rossonerilar" safida 12 bahsda qatnashib, 6 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi.
Fikrlar