
Zlatan muhim o‘yinni yakunlay olmadi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrohimovich jarohat oldi.
Shvetsiyalik futbolchi A Seriya 23-tur doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, biroq 28-daqiqada son mushaklaridan jarohat olib maydonni erta tark etdi. Uning o‘rniga Olie Jiru tushirildi.
Ma’lumot uchun, Zlatan joriy mavsum 14ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishgan. "Rossonerilar" ayni damda 48 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar