Zohid Karimov: "Hozirgi sharhlovchilarda taqlid ko‘payib ketgan"

  • 18 sentabr, 2021, 10:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport TV kanali direktori Zohid Karimov SPORTS.uz sayti ofisida mehmon bo‘ldi. Qizg‘in o‘tgan suhbat chog‘ida telekanaldagi muammolar va kelajak rejalari haqida so‘z bordi.

Tecno

- Aytingchi, so‘nggi paytlarda nega Sport TV kanali sharhlovchilari manziliga tanqid toshlari bu qadar ko‘p otilmoqda? Bu nima bilan bog‘liq?

- To‘g‘risi, biz ularga e’tibor qaratmaymiz, deya olmayman. Ba’zi sharhlar bo‘ladi, hatto 0 baho qo‘ygim kelmaydi. Biz muxlislarimizning bildirayotgan fikri bilan hisoblashishga majburmiz. Shaxsan o‘zim Davlat aka Turdalievning shogirdiman. Bizga sharhlovchi barchaga yoqishi shart emas, deb o‘rgatilgan. Bugunga kelib, zamon o‘zgardi. Hozirgi auditoriyaning talablari o‘zgacha. Men doim yosh talaba va jurnalistlarni Sport kanaliga kelishlari tarafdoriman. Kelinglar, o‘rganinglar. Afsuski, bugungi avlod jurnalistlari telekanaldan ko‘ra, internet saytlarida ish olib borishni ma’qul ko‘rmoqda. Bizning davrda telekanalda faoliyat olib borish katta sharaf edi. Hozirgi avlod jurnalistlarini chorlab chaqirsak ham kelmayapti. Qanday qilib, o‘z Davron Fayziev va Xayrulla Hamidovlarimizni kashf etishimiz mumkin? O‘zi sharhlovchi konveyr bilan ishlab chiqariladigan mahsulot emas. Ular dona-dona bo‘ladi. Hozir 4 yigit bizda sharhlovchilikka tayyorgarlik ko‘rmoqda.

- Davron Fayziev va Xayrulla Hamidovni ortga qaytarish uchun taklif bilan chiqmadingizmi?

- Ularga bir necha bor taklif yubordik. Bu hech kimga sir emas. Sport kanalining eshiklari ular uchun doimo ochiq. Afuski, moddiy jihatdan biz ko‘plab jurnalistlarning talablariga javob bera olmaymiz. Davlat korxonasiga qarashli bo‘lganimiz bois, cheklovlar mavjud.

- Sport 2 kanali ochildi, ammo uni tomosha qilish uchun internetdan foydalanish shart. Bu nima bilan bog‘liq?

- Ochig‘i, bu katta g‘alaba, deb hisoblayman. Hozirgi kunda butun dunyoda internet kanallar faoliyati yangi darajaga ko‘tarildi. Biz ham ulardan ortda qolmaslik maqsadida yurtimizdagi ilk internet kanalini ochdik. Bu uchrashuvlarni hamyurtlarimizning aksariyati tomosha qila olmasligini to‘g‘ri tushunaman. Afsuski, bu bizga bog‘liq muammo emas. Bizning vazifa signalni etkazib berish. Qolgani, O‘zbekistonda internetni ta’minlab berishi kerak bo‘lgan insonlar zimmasiga tushadi. Nasib qilsa, bu borada ham yangiliklar bo‘lib qolishi mumkin. Hozir, Sport 2 rivoji uchun yangi g‘oyalar ko‘rib chiqyapmiz. Bundan tashqari, tez orada Sport 3 ni ham ochishimiz mumkin.

- Futbol TV va Sport TV kanali o‘rtasidagi raqobat haqida fikringiz qanday?

- Bu raqobat emas. Bu shunchaki bozor. Unda kimning taklifi yaxshiroq bo‘lsa, o‘sha tomon tenderda g‘olib chiqadi. Biz OFK tasnifidagi musobaqalar paketini qo‘ldan chiqargach, telekanal muxlislarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun Evropa Chempionlar ligasi translyatsiyasi huquqini sotib oldik. Boshqa variantimiz yo‘q edi. Afsuski, O‘zbekistondan birdaniga ikki talabgor paydo bo‘lganini bilgan xorijliklar narxlarni keskin oshirib yubordi. Natijada, ikki kanal ham keragidan ortiq pul to‘lashga majbur bo‘ldi. Agentlar barchani o‘z nog‘orasiga o‘ynatib, bir necha barobar arzonga xarid qilayotgan musobaqalarimizni qimmatga pulladi.

Aslida, kelishgan holatda ikki tomon birga harakat qilishi mumkin edi. Ana shunda, hech kim jabr chekmagan bo‘lar edi. Vaholanki, biz hamkorlik qilish maqsadida Futbol TV kanaliga taklif bilan chiqqanmiz. Ular bunga qanday javob berganini, intervyuga chaqirganingizda bilib olishingiz mumkin. Aslida, Futbol TV biz bilan raqobat qila olmaydi. Ular biznes loyiha! Biz O‘zbekistonda sportni targ‘ib etish maqsadida ochilgan kanalmiz. Bizni vazifamiz translyatsiyalardan daromad olish emas. Xalqimizni sport bilan shug‘ullanishga chorlash.

Intervyuning to‘liq qismini SPORTS.uzning "You Tube"dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
18/09/2021 14:52
Шархловчиликни эплолмай, СпортТВ директори булиб олибди? Журналистикани хам, менежментни хам билмагани учун ФутболТВ билан келишолмаган. Трансляцияларни хам яхши ташкил кила олмаяпди. Шархловчиларни ку гапирмаса хам булади. Одатда, русча шархни эшитаман, ёки овозсиз куришга мажбур булмокдаман. Шархловчида ёкимли овоз хам, нутк хам ЙУК! Хаммаси отасини таниши ёрдамида шу Зохид Каримов ёрдамида ишга жойлашган. Шархдан аввал тайёргарлик куриш ЙУК. Билим йук. Маълумотсиз шархловчидан овозсиз трансляция яхширок. Анимация ва эффектни гапирмаса хам булади.
Baxil Alihuja
18/09/2021 14:46
Бу Зохид Каримов Гирт ёлгон гапларни вайсабди! Ишга жойлашишга пора талаб килингандан кейин, ким телевидениега боради? Шархловчи булиш учун Журналист булиш шарт эмас!!! Хозирги журналистларни аксарияти журналистикани билмайди, шархловчиликни эса умуман эплолмайди.
Турдиалиевни шогирди эмиш? Нега бу йигитчани узини шархини эшитмаган эканмиз? Турдиалиев яхши шархловчи эди, афсуски шогирдлар деярли колдирмади. Трансляцияларни келишолмай, кимматга сотиб олиб юраверасан-де, билим ва малаканг булмагандан кейин!
Яшин. Ш.И
18/09/2021 15:27
Кўпчиликни оғзига элак тутиб бўлмайди, ҳозир шу кунларда Спорт ТВ да ўзгариш ва ривожланиш анча-мунча кўзга ташланиб қолди.
Зоҳиджон ука келгуси ишларга омад, сиздан биргина илтимос футбол учрашувларини фамилия билан исмни фарқига бормайдиган, довдир ёқимсиз овоз эгаси Элдор Мустофоев(Мустофо Элдоров) шархламаса бас, бошқаларга чидаса бўлади.
Элдорга рухсат беринг Спорт ТВ дан кетсин, етар ҳаммага шунча масхара бўлгани.
solijon bobokulov
18/09/2021 11:31
Xuddiki o'zi bir narsani qoyillatib qo'ygandek.
Aslini olganda u naqtagan na Xayrulla VA na Davron talabga joavob beradi