"Zomin" bosh murabbiyi: "Vaziyat o‘zgarmagan, ahvol shu tarzda davom etyapti"

  • 7 avgust, 2022, 12:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligada “Turon” yana g‘alaba qozondi. Bu safar “Zomin” 3:1 hisobida taslim etildi. Uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Albatta, chiroyli o‘yin bo‘ldi. Faqat biz kutgan natijani qila olmadik. Jamoaviy o‘yin kam bo‘lgani uchun himoya chizig‘imizda xatolar bo‘ldi. “Turon” shulardan foydalanib ketdi. O‘yin tizginini to‘g‘rilaganimizda vaqt etmadi.

- Yozgi transferlar orasida bir qator o‘yinchilarni o‘z saflaringga qo‘shib oldinglar. Jonibek Ko‘chimov “Sho‘rtan”ga qo‘shildi. Bu o‘zgarishlarga qanday izoh berasiz?

- “Zomin”dagi ko‘plab yaxshi o‘yinchilarimiz yaxshi jamoalarga ketdi. Bizdan yuqoridagi, professional bo‘lgan klublardan moliyaviy jihatdan yaxshi takliflar bo‘lgani uchun ketishdi. Pastki o‘rinda bo‘lsak ham etakchi klublar futbolchilarimizni olishdi. Bizda yaxshi jamoa bor edi. 9 nafar yigitlar boshqa klublarga ketishdi. Omadini berishsin. Biz ham 9 ta o‘zgarish qildik. Jamoani pro ligada qoldirish maqsadida ishlayapmiz, harakat qilyapmiz.

- “Zomin”da moliyaviy muammolar bor edi. Hozirgi vaziyatga kelib holat qanday?

- Yo‘q, hali vaziyat o‘zgarmadi. Ahvolimiz shu tarzda ketyapti. Rahbariyat jamoani qo‘llab-quvvatlashga harakat qilyapti, vaziyatni o‘nglash uchun shug‘ullanyapti. Homiylar izlanyapti, yaxshi bo‘ladi, degan umiddamiz. Viloyat hokimi ham yordam beramiz, deb harakat qilyapti. Maqsadimiz “Zomin”ni pro ligada o‘z o‘rni borligini ko‘rsatish.

- Jamoangiz birinchi bo‘limga nisbatan ikkinchi taymda ancha yaxshi o‘ynadi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Ko‘proq jismoniy holatga e’tibor beramiz. Shu tomonlama yaxshi bo‘lgani uchun bosim qildik. O‘rtadan o‘yinchi olib ikkita hujumchini tushirdik, bu biroz natijasini berdi. Gol urganimizdan tashqari yana imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Jamoada ko‘p o‘zgarish bo‘lgani uchun o‘yinchilarni kirishib ketishiga baribir vaqt kerak bo‘ladi-da. Kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Yozgi tanaffusda “Zomin”da bosh murabbiy o‘zgargani haqida xabarlar chiqdi. Keyinchalik bu o‘z tasdig‘ini topmadi...

- “Zomin”ni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Murabbiy kelib, uni mahoratidan foydalangan holda birga ishlamoqchi edik. Oilaviy muammosi tufayli ishlay olmasligini aytdi. Yana o‘zimiz ishlashda davom etyapmiz.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!