Zubayra Tuxugov: "G‘alabamni bobomga bag‘ishlamagunimcha, sportni tark etmayman"
Xabaringiz bor, MMA jangchisi Zubayra Tuxugov UFC 242 turniri doirasida Leron Merfiga qarshi jang o‘tkazdi. Mazkur jang durang bilan yakunlangani haqida ham ma’lumotga egasiz. Aynan, ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Txugovning hayotida dramatik voqea ro‘y bergan. Zubayra mazkur voqeylikning shaxsiy Instagram saxifasida yozib qoldirdi.
“Men 14 iyul kuni o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini uchun Tailandga borishga tayyorgarlik ko‘rayotganimda, bobom kasal bo‘lib qoldi. Men uning jiddiy kasalligi borligini bilmasdim va unga: "bobo, tez orada g‘alaba bilan qaytaman", dedim. U qo‘limni ushlab, shunday dedi: "agar qaytib kelguninga qadar vafot etsam, uni menga bag‘ishlaysanmi?". Keyin unga javob berdim: "bobo, o‘lim haqida o‘ylamang, shifo topasiz va hamma narsa yaxshi bo‘ladi. Jang paytida menga keraksiz. Men uchun muxlislik qilishingiz lozim. Men bu jangni sizga bag‘ishlayman.
19 iyul, u yo‘q edi... Afsuski, men ham g‘alaba qozona olmadim. Tez orada zafar quchaman va keyingi g‘alabamni albatta bobomga bag‘ishlayman. Qachonki, janglarda g‘alaba qozonib, bobomga bag‘ishlamagunimcha, mashg‘ulot qilishda davom etaveraman”.

Fikrlar