«Hokim Kubogi-2017»: «Qo‘qon-1912» klubi yarim finalda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Bugun «Qo‘qon-1912» klubi Farg‘onada o‘tkazilayotgan «Hokim Kubogi-2017» bahslarining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Muborakning «Mash’al-1» klubiga qarshi uchrashuvda qo‘qonliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuv muborakliklarning hujumlari bilan boshlandi. Ammo 9-daqiqada «Qo‘qon-1912» hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Darko Gojkovich boshi bilan muborakliklar darvozasiga aniq yo‘lladi. 24-daqiqada muborakliklar himoyachisi o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Bosh hakam penalti belgiladi. O‘n bir mertli nuqtadan Suhrob Berdiev zarba berdi. Uning birinchi zarbasi golga aylangandi. Ammo penalti tepilayotgan paytda qoida buzilgani bois gol hisobga olinmadi. Suhrobning qayta bergan zarbasi ham bexato chiqdi – 2:0.

Birinchi bo‘lim tugashi arafasida Filip Rayevatsni muborakliklar darvozaboni jarima maydonchasi ichida chalib yig‘itdi. Bosh hakam yana penalti belgiladi. Penaltini esa serbiyalik hujumchining o‘zi aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim qo‘qonliklar uchun omadsiz boshlandi. 48-daqiqada jamoa himoyachilari Zafar To‘raevni jarima maydonchasi ichida qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Andijonlik hakam yana penalti belgiladi. Muborakliklar sardori Zafar To‘raev o‘n bir mertli nuqtadan adashmadi – 3:1. 77-daqiqa muborakliklar hisobni qisqartirishdi. Zohir Qo‘ziboev gol muallifi bo‘ldi. 85-daqiqada muborakliklar yana jarima maydonchalari ichida qo‘pollik ishlatishdi. Bu safar jabrlanuvchi rolida Bahodir Pardaev. Aynan uning o‘zi penaltini aniq amalga oshirdi. Bahodir penaltini italiyalik mashhur futbolchi Andrea Pirlo uslubida ijro etdi. Shu tariqa raqibdan ustun kelgan qo‘qonliklar uchrashuvda g‘alaba qozonishdi va guruhda birinchi o‘rinni egallab yarim finalga yo‘l olishdi.

“Hokimi Kubogi-2017”

“B” guruhi

5-tur

“Qo‘qon-1912-1” – “Mash’al-1” 4:2 (3:0)

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Aziz Tolipov.

Gollar: Darko Gojkovich-9, Suhrob Berdiev-24 (pen), Filip Rayevats-44 (pen), Bahodir Pardaev -86 (pen) – Zafar To‘raev-48 (pen), Zohir Qo‘ziboev-77.

“Qo‘qon-1912-1”: 13. Nikita Ribkin, 6. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov (75. Ibrohim Rahimov-76),  8. Akmal Xolmurodov, 10. Javohir Sidiqov (23. Aleksandr Merzlyakov-54),  15. Oybek Rustamov, 24. Filip Rayevats (70. Sobir Hamidov-65), 25. Nikola Valentich,  29. Suhrob Berdiev (22. Murod Xolmuhammedov-54), 31. Darko Gojkovich (18. Bahodir Pardaev-53) , 33. Jalil Kimsanov (19. Muhammadanas Hasanov-62).

Zaxira: 30. Islom Abdullaev.

“Mash’al-1”: 30. Botir Nosirov, 23. Sardor Rahmonov (33. Asilbek Begimqulov-26), 22. Sergey Kondratev, 8. Mirzakamol Kamolov, 19. Jamoliddin Ubaydullaev, 13. Shahzod Shaymanov, 17. Vladislav Pavlenko, 29. Abdullox Olimov, 90. Zafar To‘raev, 98. Maksim Lipin (11. Maqsad Muhamedov-46), 7. Zohir Qo‘ziboev.

Zaxira: 12. Shoxrux Eshbo‘taev, 55. Avaz Agaliev, 6. Sardor Abduraimov, 27. Maradona Safarov, 9. Xumoyun Murtazoev.

Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!