​“Manchester Yunayted” uch yulduzini sotuvga qo‘ydi

  • 9 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati qishki transferlar vaqtida yarim himoyachi Kazemiro, Himoyachi Rafael Varan va hujumkor futbolchi Jeydon Sanchoni sotib yuboradigan bo‘ldi.

Tecno

Bosh murabbiy Erik ten Xag hozir katta bosim ostida ishlayapti va tez orada jamoani qayta shakllantirishni rejalashtirmoqda.

Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar eng katta maosh olayotganlar ro‘yxatida turadi. Shunga qaramay, ular jamoaga kutilgan foydani keltirayotgani yo‘q.

Manchesterliklar o‘tgan yozda uch nafar o‘yinchi – darvozabon Andre Onana, hujumkor futbolchi Meyson Maunt va forvard Rasmus Xyoylunn transferiga 170 million funtdan ortiq mablag‘ sarflab yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!