
Kievda vaziyat jiddiymi yoxud “Liverpul” muxlislariga hujum qilishdi (foto+video)
24 may kuni Kievdagi “Olimpiyskiy” stadioni atrofidagi Rooster restoranida niqob taqib olgan notanish kimsalar to‘dasi “Liverpul” muxlisiga hujum qilishgan. Oqibatda ingliz klubining bir qancha vakillari jarohat olishdi.
Hujum qilganlar taxminan 20 kishiga yaqin bo‘lganligi aytilmoqda. Ular muxlislarga stul, stol, oyna va qo‘llariga ilingan boshqa barcha narsalarni uloqtirishgan. Tez voqea joyiga etib kelgan politsiya xodimlari ikki nafar jinoyatchini ushlashga muvaffaq bo‘lgan, biroq qolganlari yashirinishga ulgurishgan.
Politsiya tomonidan qo‘lga olingan qonunbuzarlardan biri
– Biz hech qanday yomon ish qilmagandik, shunchaki kechki ovqatni tanavvul qilayotgandik, – deydi muxlislardan biri. – Shunda niqob taqqan odamlar hujum qilishdi va o‘liga ilingan narsalarni bizga uloqtirishdi. Bu dahshat. Biz bu vaziyatda nima bo‘layotganini va nima uchun qilayotganini tushunmadik.
Jabrlangan "Liverpul" muxlislaridan biri
Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Britaniyalik jurnalist esa bu voqeaning ma’lum qismini kameraga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar