
Bugun “Prezident kubogi”da besh nafar bokschimiz ringga chiqadi
Astana shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha VI xalqaro “Prezident kubogi” turnirining uchinchi kungi bellashuvlariga bugun start beraladi.
Kecha o‘tkazilgan janglardan so‘ng ikki nafar bokschimiz g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Bugun musobaqada yana besh nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Qur’a tashlash jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak finalga yo‘l olgan Jasurbek Latipov (52 kg) mezbonlar vakili A.Muzaffarov bilan kuch sinashsa, kecha ilk jangini g‘alaba bilan boshlagan Shunqor Abdurasulov (60 kg) filippinlik Charli Suaresga qarshi ringga ko‘tariladi.
69 kg vaznda Mahmud Gaipov esa xitoylik Maimaititu Ersun-Kiongni sinovdan o‘tkazsa, Bektemir Meliqo‘ziev va hindistonlik Devanshu Jaisval 81 kg vaznda o‘zaro bahs olib borishadi.
Eng yuqori vazn toifasida (+91 kg) Ulug‘bek Mubinov esa rossiyalik Maksim Babanin bilan keyingi bosqich masalasiga oydinlik kiritadi.
Fikrlar