Toshkentdagi professional janglar oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

  • 4 may, 2018, 11:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ertaga, 5 may kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasi boks bo‘yicha professional janglarga mezbonlik qiladi.

Tecno

Bugun mazkur janglar oldidan tashkilotchilar, murabbiylar, bokschilar va OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Xayrli kun barchaga. Bunday yirik turnirni tashkillashtirishda bizga yaqindan yordam bergan hammaga minnatdorlik bildiraman. Bu biz uchun katta sharaf. Bo‘lajak janglarda kuchlilar g‘alaba qozonishini tilab qolaman, - deydi O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vitse-prezidenti Vladimir Shin. - Bundan buyon doimiy ravishda o‘tkazib borishni rejalashtirmoqdamiz. Bu kelajakda o‘z natijasi beradi. Shu orqali yosh iqtidorli bokschilar uchun o‘zlarini ko‘rsatishga imkoniyat bo‘ladi.

> Bo‘lajak jang juftliklari bilan tanishing

- Bo‘lajak jang oldidan maxsus kamar - ikki bokschining rasmlari tushirilgan - ishlab chiqildi. Tashkilotchilarga, rasmiylarga rahmat. Ertaga bizni yorqin janglar kutib turibdi. WBC Silver kamari muhim kamarlardan hisoblanadi, - deydi musobaqa supervayzeri Oksana Semenishina. - Bu turnir O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilmoqda, biroq bu dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. WBCda 17 ta vazn toifasi bor. Bu turnir ba’zan yilda bir marta, ba’zan ikki marta o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, kechaning asosiy jangida professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik Vladimir Chudinovga qarshi WBC Silver kamari uchun bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!