Ushbu hafta Meyvezer va Pakyao o‘rtasidagi jang rasman e’lon qilinadi

  • 18 sentabr, 2018, 12:25
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Shu hafta Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o‘rtasidagi revansh jang rasman e’lon qilinadi, deya xabar beradi Daily Mail nashri. Ma’lum bo‘lishicha, u jang Las-Vegasda taxminan 1-8 dekabr kunlar oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

15 sentyabr kuni Meyvezer ringga qaytishini ma’lum qilgan va Pakyao bilan “to‘qqiz raqamli (xonali) chek uchun” urushadi.

Meyvezer va Pakyao o‘rtasidagi birinchi  jang 2015 yil 2 may kuni Las-Vegas tbo‘lib o‘tgan. Jang yakunlariga ko‘ra, Meyvezer g‘alaba qozongan va bu o‘shnada uning faoliyatidagi 48-jang hamda 48-g‘alaba sifatida qayd etilgan.

Pakyaoga qarshi jangdan so‘ng u hamyurti Andre Bertoga qarshi ringga chiqib, unda ham zafar quchgan. 49-g‘alabadan so‘ng Meyvezer boksdan ketganini e’lon qildi, biroq o‘tgan yili UFC chempioni Konor Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang uchun ringga qaytdi va 10-raundda raqibini texnik nokautga uchratib, professional ringdagi 50-g‘alabasini tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!