Aytsak ishonmaysiz. 2-turda eng ko‘p va eng kam muxlis Toshkentda!

  • 11 mart, 2018, 15:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 8-10 mart kunlari Superliga-2018 ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarning natijalari bilan siz saytimiz orqali tanishib borgansiz, albatta.

Tecno

Sensatsiya! 1-turda farg‘onaliklar etakchi, "Paxtakor" muxlislari ikkinchi, buxoroliklar esa...

Biz endi mazkur bahslarga qancha muxlis kelgani borasida ma’lumotlar beramiz.

Ikkinchi turda mamlakatimizning 6 stadioniga jami 57894 odam keldi. Bu bir o‘yinga o‘rtacha 9649ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Toshkentdagi “Bunyodkor” – “Paxtakor” qarama-qarshiligini kuzatdi. Ushbu bahsni “Bunyodkor” o‘yingohida 20186 ishqiboz shohidiga aylandi.

Turning yana bir markaziy bellashuvi “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuviga 10386 tomoshabin tashrif buyurdi. Eng kam muxlis “Lokomotiv” – “Metallurg” o‘yiniga to‘g‘ri keldi - 3188.

Quyida Superliganing ikkinchi turiga kelgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:

“Bunyodkor” – “Paxtakor” 1:0. 20186 tomoshabin

“Nasaf” – “Buxoro” 3:1. 10386 tomoshabin

“So‘g‘diyona” – “Neftchi” 0:0. 8512 tomoshabin

AGMK – “Navbahor” 1:2. 8320 tomoshabin

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” 2:0. 7302 tomoshabin

“Lokomotiv” – “Metallurg” 1:1. 3188 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!