Senegal JCh-2018ni g‘alaba bilan boshladi

  • 19 iyun, 2018, 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina JCh-2018ning “H” guruhidan o‘rin olgan Polsha hamda Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga etdi.

Moskvadagi “Otkrytie Arena”da o‘tgan qiziqarli bahs afrikaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, guruhning bundan avvalgi Kolumbiya hamda Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda osiyoliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan edi.

Polsha – Senegal 1:2 (0:1, 1:1)

19 iyun «Otkrytie Arena»

Gollar: 0:1 – 37, avtogol Chonek, 0:2 – 60 Nyang, 1:2 – 86 Kryxovyak.

Polsha – Shchensny, Chonek, Pazdan, Pishchek (Bereshinski, 83), Rybus, Blashchikovski (Bednarek, 46), Zelinski, Kryxovyak, Grositski, Milik (Kovnatski, 73), Levandovski.

Senegal – Ndiay, Sane, Sabali, Vage, Kulibali, Guye, Ndiaye (Kuyate, 87), Sarr, Mane, Nyang (Konate, 75), Diuf (Ndoye, 62).

Ogohlantirishlar: Kryxovyak (12), Sane (49), Guye (72).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!