"Sevilya" "Old Trafford"da iroda ko‘rsatdi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Angliyaning “Manchester Yunayted” hamda Ispaniyaning “Sevilya” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida zahiradan maydonga tushgan Vissam Ben-Yedder 74 va 76-daqiqalarda gol kiritishga erishdi. Bunga esa Romelu Lukaku bir bor javob qaytara oldi xolos. Yakuniy hisob 1:2.
Ta’kidlash lozimki, andalusiyaliklar o‘z maydonlarida o‘tgan ilk bahsda durang natija qayd etishgani hisobiga musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘l olishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar