
Dzyudochilarimiz Turkiyaga yo‘l olishdi
Xabar berganimizdek, 6-8 aprel kunlari Turkiyaning Antalya shahri dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Bugun ushbu musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz delegatsiyasi Turkiya safariga yo‘l olishdi.
"Turkiyadagi Gran-prida ilk bor ishtirok etishim. Men bu turnirga uzoq va puxta tayyorlandim. Umid qilamanki, Gran-prini terma jamoamiz bilan yuqori o‘rinlarda yakunlaymiz", – deydi bugun tavallad ayyomini nishonlayotgan terma jamoamiz a’zosi Muhammadkarim Xurramov.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada yurtimiz sharafini Doston Ro‘ziev, Mirzohid Farmonov, Suhrob Tursanov, Muhammadkarim Xurramov, Bekmurod Oltiboev, Diyora Keldiyorova hamda Gulnoza Matniyozova himoya qilishadi.
Fikrlar