Yasmina Karimjonova bosh sovringa yaqinlashmoqda
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqaning yakkalik bahsdarida Yasmina Karimjonova ikkinchi davraga chiqdi.
Yasmina musobaqaning birinchi davrasida belaruslik Kseniya Brichni 6:2, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi tennischimiz ITF turnirining ikkinchi davrasida rossiyalik Alina Shcherbininaga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar