Denis Istomin qanday mag‘lub bo‘ldi?
Bolgariyada o‘tayotgan “Diema Xtra Sofia Open – 2018” turnirining ikkinchi davrasida serbiyalik Viktor Troitski va hamyurtimiz Denis Istomin o‘zaro bahslashdi.
Uchrashuvning birinchi setida tay-brekda mag‘lubiyatga uchragan Denis ikkinchi setda 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq uchinchi setda mamlakatimizning eng kuchli tennischisiga omad kulib boqmadi va yana tay-brekda mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Viktor Troitski chorak finalda shveytsariyalik Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar