
Elina Svitolinaning Dubaydagi raqibi aniqlandi
BAAda o‘tkazilayotgan “Dubai Duty Free Tennis Championships – 2018” turnirining birinchi davrasida gollandiyalik Kiki Bertens mag‘lubiyatga uchradi.
Musobaqaning mazkur o‘yinida xitoylik Tszyan Van va Kiki Bertens o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu o‘yinda Van tezkor o‘yin namoyish etdi va 6:3, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Van ikkinchi davrada ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar