
«Real Madrid» o‘z maydonida raqib jamoaga 87ta gol urdi
Basketbol bo‘yicha Ispaniya chempionatida 11 tur bahslari o‘tkazilmoqda
Musobaqaning Madrid shahrida «Real» va «Mursiya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Unda qirollik klubi vakillari raqiblarini 87:85 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
«Saragosa» o‘z maydonida «Unikaxa»ga 77:102 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, «Betis» «Obradoyro» ustidan 83:77 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, «Gran-Kanariya» va «Burgos» o‘rtasidagi uchrashuv 87:80 hisobida yakunlandi.
Chempionatning «Fuenlabrada» - «Xoventut», «Estudiantes» - «Valentsiya», «Barselona» - «Tenerife» jamoalari bugun tunda o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar