«Sakramento» jamoasi muxlislari oldida engildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milliy basketbol assotsiatsiyasi(NBA)  tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqaning navbatdagi bahslarida o‘nta o‘yin o‘tkazildi.

AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan  «Golden 1 Center»  sport majmuasida o‘tkazilgan «Sakramento» va «Klippers» o‘rtasidagi uchrashuv keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda «Sakramento» jamoasi o‘z muxlislari oldida 95:97 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

«Portlend» professional klubi safarda «Vashington» jamoasi bilan raqobatlashib, yakunda 108:105 hisobida g‘alaba qozondi.

Chempionatning boshqa natijalari bilan tanishing:

«Filadelfiya» – «Orlando» 130:111 (31:28, 39:27, 31:30, 29:26)

«Sharlott» – «San-Antonio» 86:106 (15:14, 14:26, 29:32, 28:34)

«Atlanta» – «Toronto» 78:112 (25:28, 14:39, 19:32, 20:13)

«Xyuston» – «Nyu-York» 117:102 (29:39, 29:22, 37:13, 22:28)

«Indiana» – «Boston» 98:108 (32:27, 22:18, 16:37, 28:26)

«Dallas» – «Oklaxoma-Siti» 97:81 (25:24, 27:13, 26:18, 19:26)

«Golden Steyt» – «Yangi Orlean» 110:95 (17:31, 36:22, 31:22, 26:20)

«Yuta» – «Miluoki» 121:108 (31:30, 33:27, 31:28, 26:23)

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!