
"Barselona" o‘yinni boshqaradigan superfutbolchi oladi
Har qanday grand klub singari "Barselona" ham o‘z tarkibini muntazam kuchaytirib borishga harakat qilmoqda. Luis Enrike yarim himoya chizig‘ini keskin kuchaytira oladigan hujumkor futbolchi qidirayotgan edi. Kataloniya rahbariyatiga ma’qul kelgan futbolchi Angliyadan topildi.
"Barselona" joriy mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan "Liveprul" a’zosi Adam Lallanani o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Ayni paytda Kataloniya klubi rahbarlari bu transferning amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Transfer bahosi 40 million funtga baholanayotgan Adam Lallanaga PSJ va "Yuventus" tomonidan ham jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
Lallana "Liverpul" tarkibida APLning 18 ta o‘yinida maydonga tushdi, ettita gol urib, etti marta golli pas uzatdi.
Fikrlar