Rasman! Antuan Grizmann “Atletiko” bilan shartnomasini uzaytirdi
Ispaniyaning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann yana bir necha yil La Ligada to‘p tepadigan bo‘ldi.
Klub rasmiy tvitterining ma’lum qilishicha, frantsiyalik futbolchi madridliklar bilan 2022 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma imzoladi. Endi Grizmann yana 5 yil Ispaniyada faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Shuningdek, Antuanni sotib olmoqchi bo‘lgan klublar 100 million evro berishlari shart bo‘lgan band o‘zgarmay qoldi.

Fikrlar