Messi Ronaldudan eng zo‘r to‘purar maqomini tortib oladi

  • 8 dekabr, 2016, 09:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Real etakchisi Krishtianu Ronaldu ko‘p jihatdan "Barselona" hujumchici Lionel Messidan ortda ekani statistik ma’lumotlardan ma’lum. Biroq, Evropaning asosiy musobaqasi - Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha portugaliyalik futbolchi argentinalik superyulduzdan o‘zib ketgan edi.
 
Evropa chempionlar ligasi tarixida Krishtianu jami 95 ta gol urgan va bu borada barcha raqiblarini ortda qoldirgan. Biroq, kecha yakunlangan Evropa chempionlar ligasining guruh bahslarida uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi bu borada portugaliyalik futbolchiga yaqinlashib oldi.
 
Ronaldudan farqli ravishda Evropa chempionlar ligasida muntazam gol urayotgan Lionel Messi so‘nggi turda "Borussiya" darvozasini ishg‘ol qilib, ushbu turnirdagi jami gollari sonini 93 taga etkazib oldi. Agar har ikki to‘purar shunday o‘ynashda davom etsa, tez orada Messi Ronaldudan eng zo‘r to‘purar maqomini olib qo‘yadi va yuzlik dovondan birinchi bo‘lib o‘tadi.
 
"Real"ning Evropa chempionlar ligasidagi o‘yinlarida muntazam gol urayotgan Karim Benzema esa elliginchi golini kiritdi va to‘purarlar bahsida o‘zining hamyurti Terri Anriga etib oldi.
 
Umuman olganda, Evropa chempionlar ligasi to‘purarlari ro‘yxati quyidagicha:
 
1. Krishtianu Ronaldu - 95 ta gol.
 
2. Lionel Messi - 93 ta gol.
 
3. Raul - 71 ta gol.
 
4. Ruud van Nistelroy - 56 ta gol.
 
5. Terri Anri - 50 ta gol.
 
6. Karim Benzema - 50 ta gol.
 
Ushbu ro‘yxatdan faqatgina Ronaldu, Messi va Benzema Evropa chempionlar ligasidagi ishtirokini davom ettirmoqda va gollari sonini oshirish imkoniga ega.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!