Arman Tsarukyan: "Oliveyraga oson "o‘lja" topilganidan xursandman"
Armanistonlik UFC jangchisi Arman Tsarukyan Charlz Oliveyra va Maykl Chendler o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Maykl Chendlerning yutqazishi aniq. Charlz uni bo‘g‘ib qo‘yadi yoki nokautga uchratadi. Oliveyraga oson "o‘lja" topilganidan xursandman. O‘zimga kelsak, keyingi jangimda Islam Maxachevga qarshi kurashaman", - deya Tsarukyanning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Charlz Oliveyra va Maykl Chendler jangi 16 noyabr kuni "UFC 309" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar