Bir vaqtlar "Real" va "Bavariya"da porlagan yulduz Braziliya klubiga kerak bo‘lmadi

  • 04.05.2023 17:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Ayni paytda erkin agent maqomida turgan kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges Rio-de-Janeyroning "Botafogo" klubida ish topa olmadi. "Fichajes" nashrining xabar berishicha, Braziliya klubi rahbariyati futbolchini transfer qilishdan bosh tortgan.

Rodrigesning oxirgi ish joyi "Olimpiakos" edi. 31 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Real”, “Bavariya”, “Everton” va “Monako” klublarida ham o‘ynagan.

Gretsiya chempionatining joriy mavsumida Rodriges 20 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol urdi va oltita golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!