Diego Shvartsman Barselonadan ketmoqchi emas
Argentinalik tennischi Diego Shvartsman Barselona shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqani g‘alaba bilan boshlashga muyassar bo‘ldi.
Diego ushbu turnirning ilk davrasida yaponiyalik Yosixito Nisiokuga qarshi o‘yin o‘tkazib, 4:6, 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Shvartsman "Barcelona Open Banc Sabadell"ning navbatdagi bosqichida avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar