Gvardiola “Manchester Siti”dan haydalsa, nima qilishini aytdi

  • 13 dekabr, 2024, 17:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” ko‘rsatkichlarini yaxshilay olmayapti. Xosep Gvardiola shogirdlari oxirgi o‘nta uchrashuvdan ettitasida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassisning o‘zi agar “Manchester Siti” uni ishdan haydab yuborsa, nima qilishi haqidagi savolga javob berdi.

- “Manchester Siti” meni ishdan bo‘shatsa, nima qilaman? Agar shunday bo‘lsa, uyimga ketaman. Hayot har doim ham sen istagandek bo‘lavermaydi, - dedi Xosep Gvardiola.

53 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Barselona” va “Bavariya” kabi qudratli klublarni ham boshqargan. “Shaharliklar”ga 2016 yildan beri ustozlik qilib kelmoqda.

“Manchester Siti” jamoani olti bor Angliya chempioni qilgan Gvardiola bilan kelishuvni yaqinda 2027 yilning yarmigacha uzaytirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!