Islom Maxachev: "Bellator da Usmon Nurmagomedovga munosib raqib yo‘q"

  • 11.01.2025 19:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Islom Maxachev o‘z vazn toifasida "Bellator" chempioni Usmon Nurmagomedovni UFC ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Agar Bellator ligasiga nazar tashlasangiz, Usmon u erda faqat bitta katta jang o‘tkazish imkoniyati borligini ko‘rasiz.  Men ushbu divizionda unga mos raqibni ko‘rmayapman. Shunday ekan, hozir Usmon  UFC avtobusiga o‘tirishi uchun ayni vaqti” - dedi Maxachev "SHAK MMA" You Tube kanaliga bergan intervyusida .

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Dubay shahrida PFL turnirida Usmon Nurmagomedov (18-0) irlandiyalik jangchi Pol Xyuz (13-1) bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!