
Konor Makgregor: "Qilgan barcha xatolarimni tan olaman, ammo..."
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor sud qaroriga nisbatan norozilik bildirdi.
“Odamlar o‘zimdan javob olishni xohlashadi, lekin menga hozircha biroz vaqt kerak. Qilgan xatolarimni tan olaman. Olti yil oldin ba’zi provokatsiyalarga javob bermasligim kerak edi. Sevgan ayolimni ham aldadim. Bundan afsusdaman. Ammo yuz bergan voqeadan qanchalik afsuslansam-da, o‘sha kechadagi hamma narsa o‘zaro kelishuv asosida bo‘lgani ayta olaman. Guvohlarning o‘zi ham buni tasdiqlaydi. Shu bois men advokatlarimga apellyatsiya shikoyatini berishni topshirdim”, — deb yozdi Makgregor X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dublin Oliy sudi irlandiyalik jangchiga jabrlanuvchi uchun 250 ming dollar to‘lashni talab qilgandi.
Fikrlar