"Manchester Yunayted" oʻziga yangi murabbiy topdi
"Manchester Yunayted" Ruben Amorim bilan xayrlashgach, yangi murabbiy qidirishda davom etmoqda.
"Qizil iblislar" jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimni dushanba kuni lavozimidan ozod etilganini ma'lum qilgan edi. Taxminlarga ko‘ra, mavsum yakunigacha vaqtinchalik bosh murabbiy Darren Fletcher jamoani boshqarib boradi. Yozda esa jamoa yangi murabbiy olib keladi. Ingliz OAV ma'lumotlariga ko‘ra, manchesterliklar PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikeni optimal variant sifatida tanlagan. So‘nggi vaqtlarda ispaniyalik mutaxassisning klub almashtirishi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Biroq Parij klubi tomonidan bu ma'lumot inkor qilingan. Enrikenning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Ma'lumot uchun, Luis Enrique PSJ jamoasida 2023 yildan buyon ishlab kelmoqda. Uning boshqaruvida jamoa o‘tgan mavsumda trebl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar