
Mourino vatanidan "MYu"ga superfutbolchi olib keladi
"Sporting" jamoasi yarim himoyachisi Jelson Martinsh "Manchester Yunayted" klubiga qo‘shilishi mumkin.
21 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘yinlari Joze Mourinoni mahliyo qildi. "Manchester Yunayted" Martinshni qo‘lga kiritish uchun futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 60 million evroni to‘lashi kerak bo‘ladi.
Martinshning "Sporting" bilan shartnomasi 2019 yilning yozigacha davom etadi.
Mohir yarim himoyachisi joriy mavsumda Portugaliya chempionatida o‘nta uchrashuvda ikkita gol urdi.
Fikrlar